Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan o‘zbekistonlik erkaklarning yana bir necha nafari Toshkentga qaytib keldi. Ularning ba’zilari Abu-Dabi aeroportida boshdan kechirganlari haqida “Gazeta.uz”ga aytib berdi. Huquqlari poymol bo‘lgan fuqarolar ushbu holat yuzasidan BAA elchixonasiga shikoyat qilmoqchi.
“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.
Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bojxona xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.
BAAda yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab muassasalar, xususan, aeroportlar faoliyati to‘xtatilgandi. Shu sababli 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 kun davomida Dubay aeroportining kutish zalida qolib ketdi. Muzokaralardan so‘ng ular Uzbekistan Airways samolyotida Toshkentga qaytarildi.
HAMASning Isroildagi hujumlari natijasida 1990-yillarda u yerga ko‘chib ketgan besh nafar asli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularda amaldagi O‘zbekiston pasportlari bo‘lmagan. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIVning halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabariga shunday izoh berdi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat hududi va G‘azo sektorida majburan ushlab turilganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi. Shuningdek, Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan aloqaga chiqish so‘raldi.
14-avgust kuni Dog‘istondagi yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. Respublika rahbari ularning 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini bildirib, vafot etganlarning oilalariga 1 mln rubldan yordam ko‘rsatilishini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi 2021-yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan uch opa-singil bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlarning opasi ularni Hindiston fuqarosi aldaganini ta’kidlagan.
Ikki haftadan buyon Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar sababli xorijlik fuqarolar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilinmoqda. Ko‘chirilayotganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Saudiya “ularning o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zaruriy ehtiyojlarni ta’minlab beradi”.
Aktobe viloyatida texnik nosozliklar sababli yo‘lda qolib ketgan 93 kishi evakuatsiya qilindi. Ularning 50 dan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Qozog‘iston bosh prokuraturasi xabar berishicha, yanvar voqealari bo‘yicha ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingan. Ular tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumonlanmoqda.
Moldova hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini Ruminiya poytaxti Buxarest orqali evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Ukrainadan vatanga qaytarilganlar soni esa 5282 nafarga (+245) yetdi.
Ukraina-Polsha chegarasidagi «Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha prezidenti Anjey Duda tashrif buyurdi. U O‘zbekiston diplomatlari va fuqarolari bilan suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining aytishicha, O‘zbekiston elchixonasini Kiyevdan evakuatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmayapti, chunki hozirda diplomatik vakolatxona faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi mamlakat fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish hisoblanadi.
O‘zbekistonning Kiyevdagi vakolatxonasi Ukrainadagi vatandoshlarga murojaat qilib, ulardan elchixona bilan aloqada bo‘lib turishni so‘ragan. Diplomatik missiya bir o‘zbekistonliklardan vahimaga berilmaslik va tekshirilmagan, feyk xabarlarni tarqatmaslikni so‘ragan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 mln dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijda ishlamoqda. Eng ko‘p mehnat migrantlari Rossiyada — 1,5 mln faoliyat yuritishadi. Viloyatlar hissasi bo‘yicha esa eng ko‘p mehnat migrantlari Samarqanddan — 268 ming va Farg‘onadan — 247 ming ekanligi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting